1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar qo'lga olindi

1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar qo'lga olindi
1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar qo'lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og‘irligi 32,22 gram bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-