1 avgustdan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda tibbiy psixolog shtati joriy qilinadi

Joriy yil 19 iyun kuni qabul qilingan “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirilgan.
Shu bilan birga, 2023 yil 1 avgustdan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan tibbiy psixolog, ruhiy kasalliklar shifoxonalarida suisidolog, qabul bo‘limlarida shifokor, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari joriy etiladi.