Farg‘onada ishchini tuproq bosib qoldi 

Farg‘onada ishchini tuproq bosib qoldi 
Farg‘onada ishchini tuproq bosib qoldi

16 may kuni Farg‘ona viloyati FVB navbatchilik qismiga Yozyovon tumani «Yuqori Soybo‘yi» mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko‘chib tushgani haqida xabar kelib tushgan. 
Vazirlikka ko'ra,  bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan Farg‘ona viloyati FVB qutqaruv otryadlari yetib kelgan.
Ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi. Qayd etish joizki, qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar ham yordam ko‘rsatishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo‘lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan bo‘lsada, shifokorlarning fikriga ko‘ra, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-