Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgandi. Sudda aybdorlarga hukm o‘qildi

Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgandi. Sudda aybdorlarga hukm o‘qildi
2023- yilning noyabrida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchisi tok urishi natijasida vafot etgan edi. 
Keyinchalik huquq-tartibot idoralari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilgan va voqeada aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida ushbu hodisa aybdorlariga sud hukmi o‘qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, mazkur maktabning sobiq xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2  yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, maktabning direktori ham Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan aybli deb topildi va 2  yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi .
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-