Buxorolik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi umumiy hisobda 9 ta medalga ega chiqdi.
Quvonarlisi, ushbu medallarning 7 tasi aynan buxorolik o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritildi.
Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Yusufjon Ortiqov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farhod Ochilov va 9-sinf o‘quvchisi Murodjon Mamatov kumush medal sohibi bo‘lishdi.
Maktabning 9-sinf o‘quvchisi Anvar Rustamov, Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mirshod Muhammedov, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ulug‘xo‘ja Bafoyev, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Xushnudbek Durdiyevlar kumush medallari bilan qaytishdi.