Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish samarali yer boshqaruvi va nazoratini ta’minlaydi

Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish samarali yer boshqaruvi va nazoratini ta’minlaydi
Janubiy Koreya Respublikasining yer resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office  Korporatsiya tomonidan o‘tkazilgayotgan o‘zaro hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning sun’iy yo‘ldoshli yerni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari to‘g‘risidagi seminar doirasida, ushbu mamlakatda amalga oshirilgan ishlar va yaqin kelajakka qilingan rejalari bilan tanishib chiqildi.
Xususan, SIIS - kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi. Ushbu kompaniya haqida qisqacha tarif beradigan bo‘lsak, mazkur kompaniya Janubiy Koreyaning kosmik suratlarni qayta ishlash va bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi. Kompaniya, sun’iy yo‘ldosh tizimlarini eksport qiluvchi va hozirda Janubiy Koreyaning aerokosmik tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan Arirang sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini global tijorat orqali yetkazib berish uchun javobgar hisoblanadi. Kompaniya 2025 yilda SpaceEye-T tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirish rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda mazkur kompaniya bir nechta davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda.  Kompaniya tomonidan kosmo suratlarni taqdim etish, ularni o‘zaro solishtirish, o‘zgarishlarni aniqlash, qolaversa kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari platformasi”ga foydalanishga ruxsat berish orqali tegishli xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Yer nazorati, Qishloq ho‘jaligi, Mudofaa, Shaharsozlik, O‘rmon Xo‘jaligi, Xarita yaratish, Tabiiy ofatni kuzatish yo‘nalishlarida keng foydalaniladi. 
Tasvirlardan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi:
* Global qamrov;
* Keng ko‘lamli ma’lumotlarni yig‘ish;
* Ma’lumotlarni muntazam va o‘z vaqtida yig‘ish;
* Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob;
* Iqtisodiy samaradorlik;
* Boshqa texnologiyalar bilan integratsiya qilish.

Mazkur “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari platformasi”da ko‘p kulayliklar mavjud bo‘lib, shulardan, Geokuzatuv alohida ahamiyatga ega. Geokuzatuv - bu yerni kuzatish ma’lumotlariga oson va tez kirish uchun eng yaxshi veb-xizmat hisoblanadi.
Xususiyatlari:
• O‘z veb-sayt yaratish;
• Tez vizualizatsiya;
• Ma’lumotlarni ko‘rish va tahlil qilish;
• Qulay qidiruv tizimi;
• Nafaqat metadata, balki mintaqaning har qanday nomi bilan qidirish
• Ma’lumotlarni oson almashish;
• Rasm yoki hududning havolasini nusxalash va elektron pochta yoki SMS orqali olish.

Yuqorida qayd etilgan kompaniya bilan hamkorlikda kosmik suratlarni qayta ishlash orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida yerlarning o‘zgarishi va yer qonunbuzilish holatlarini aniqlashda samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Dastlabki bosqichda ushbu kompaniyaning kosmik suratlardan foydalangan holda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilib, ishga tushirilgan “Ye-YER NAZORAT” axborot tizimiga joylash, va buning natijasida joylardagi o‘zgarishlarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishda keng ko‘lamda foydalanish mumkin. 

Geoinfokom DUK direktor o‘rinbosari 

Sardor Omonov

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-