Gʻijduvonda maktab direktori  bir nechta  firibgarlik jinoyatini sodir etdi

Gʻijduvonda maktab direktori  bir nechta  firibgarlik jinoyatini sodir etdi
Gʻijduvonda maktab direktori  bir nechta  firibgarlik jinoyatini sodir etdi

Gʻijduvon tumanidagi  maktab direktori ikki nafar o‘qituvchiga Davlat attestasiya imtihonidan o‘tkazib berishni va’da qilib 27 million so‘mga yaqin miqdorda pul undirgan.
Shu bilan birga direktor o‘z xizmat lavozimidan foydalanishni davom ettirib, uning qabuliga kelgan fuqaroni  xususiy institutdan Buxoro davlat universitetiga ko‘chirishni va’da bergan. Evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan. Fuqaro bilan "savdolashib" 1500 AQSH dollarga kelishishgan.
Va kelishilgan pullarni olayotgan vaqtda Departamentning Gʻijduvon tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktor oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 2 yilu 6 muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi, hamda Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan, 2 yil muddatga mansabdorlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-