Endilikda O‘zbekistonda ovqatni isrof qilganlar jarimaga tortiladi

Endilikda O‘zbekistonda ovqatni isrof qilganlar jarimaga tortiladi
Endilikda O‘zbekistonda ovqatni isrof qilganlar jarimaga tortiladi​​​​

Endi ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-171-sonli qarorda nazarda tutilgan. 
Hujjatda keltirilishicha, 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida "Oqilona iste’mol" dasturi ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tavsiyalarini joriy etish ham nazarda tutilgan.
Dasturga ko‘ra, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llaniladi va nazorat mexanizmlari o‘natiladi.

 Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
– davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molining oqilona meyorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan, bir shaxsga bir martalik ovqatlanish meyorini belgilash;
– umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
– aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda meyoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-