18 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit 10 yilga kesildi

18 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit 10 yilga kesildi

18 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit 10 yilga kesildi


Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahri Mirobod tumanida 18 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit voqeasi jamoatchilik muokamasiga sabab bo‘lgan edi. 
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida 26 yoshli O. O. ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq O. O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-