Fargʻonada xotini va oʻz ukasini chopqi bilan oʻldirib, yoqib yuborgan er 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Soʻx tuman sudi tomonidan sudlanuvchi erga nisbatan jazo tayinlandi.
Maʼlum bo'lishicha, hodisa 2023-yil 16-yanvar kuni Soʻx tumanida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 1957-yilda tugʻilgan er soat 12:30 larda qoʻshni qishloqdagi taʼziyadan yashash xonadoniga qaytib kelgan vaqtida, 1966-yilda tugʻilgan ruhiy kasal ukasi va turmush oʻrtogʻi uning yotoqxonasida yarim yalangʻoch holatda jinsiy aloqa qilishmoqchi boʻlib turishganligini koʻrgan.
Bundan gʻazablangan er rashk adovatida oʻta shafqatsizlik bilan ayolining koʻz oʻngida dastlab, ukasining boshi, tanasi va boshqa sohalariga chopqi hamda boshqa jismlar bilan tartibsiz urib, qasddan ogʻir tan jarohatlari yetkazgan. Shundan soʻng, ayolini ham shu jismlar bilan urib, unga oʻta ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Soʻng, er jinoyat izlarini yoʻqotish maqsadida, goʻyoki xonadonda chiqqan yongʻin natijasida ukasi va xotini vafot etganligini sahnalashtirgan. U xonadon elektr tarmogʻini hisoblagichdan oʻchirib, ogʻir tan jarohati olib yotgan ukasi va turmush oʻrtogʻiga azob berish maqsadida shafqatsizlik bilan xonani yoqib, chiqib ketgan. Natijada, erkak va ayol hodisa joyida vafot etishgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Soʻx tuman sudi tomonidan sudlanuvchi erga nisbatan jazo tayinlandi. Unga koʻra, erkak JKning 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.