Buxoroda OIV infektsiyasini qasddan boshqaga yuqtirgan shaxs qo'lga tushdi

Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Iskogare” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan T.Sh. ismli shaxs o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 1978-yilda tug‘ilgan T.N. bilan bir necha marotaba himoya vositalarisiz o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lib, OIV infeksiyasini yuqtirgani aniqlandi.
Viloyat IIB xabariga ko'ra, ular 2022-yilning 23-fevral kunidan 2023-yilning iyun oyiga qadar birga qonuniy nikohsiz yashab kelgan.
Qayd etilishicha, T.Sh. 2018-yil 29-mart kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Respublikasining “OIV to‘g‘risida”gi qonuni bilan tanishtirilib, o‘zining OIV statusini bilgan holda OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tilxat olingan. Biroq u bunga qaramasdan mazkur jinoyatni sodir etgan.
Shu bois, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan T.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu shaxsning yana necha nafar fuqarolarga ushbu kasallikni yuqtirgani yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirgani bo‘yicha tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda