Buxoroda bir guruh yoshlar qalbaki pullar ishlab chiqargan

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Sharq” mahallasida yashovchi 2004-yilda tugʻilgan fuqaro Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Malikobod” mahallasida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan fuqaro, qoʻshni mahallaning F.Xoʻjayev koʻchasida yashovchi 2004-yilda tugʻilgan va 2002-yilda tugʻilgan fuqarolat 3 nafar sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib jinoyat sodir etgan.
Unga ko'ra, joriy yilning 19-iyun kunidan 26-iyun kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, Buxoro shahri A.Temur koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda “Epson L-3100” rusumli rangli printer yordamida 100.000 soʻmlik pul kupyuralarini kelgusida oʻtkazish maqsadida koʻpaytirish yoʻli bilan yasab, qalbaki pullarni savdo doʻkonlari va fuqarolarga oʻtkazib kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning 4 nafar aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.