Qashqadaroda "press" ortilgan Kamaz yonib ketdi

Qashqadaroda "press" ortilgan Kamaz yonib ketdi
Qashqadaroda "press" ortilgan Kamaz yonib ketdi

Kecha, 12-iyul kuni soat 17:24 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani FVB dispecherlik xizmatiga “Taxtapul” MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lda harakatlanayotgan “KAMAZ” yonayotgani to’g’risida xabar kelib tushgan.
Unga ko’ra, voqea joyiga 2 ta yong’in qutqaruv-bo’linmasi jalb qilinib, yong‘inga soat taxminan 17:35da yetib borgan va soat 17:54 larda to‘liq o‘chirilgan. Oqibatda yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog‘lami (press) yongan.
Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani “Shirinobod” MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo‘lgan, yong’in oqibatida tan jarohati olganlar yo’q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-