Yalang‘och holda guldasta ko‘tarib yurgan erkak bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yalang‘och holda guldasta ko‘tarib yurgan erkak bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yalang‘och holda guldasta ko‘tarib yurgan erkak bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida bir fuqaro kiyimsiz jamiyat yurish-turish qoidalarini buzib yurgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot берди.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 avgust kuni Yunusobod tumani, 11-mavze hududida, 1992 yilda tug‘ilgan T.A., qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida fuqaro T.A.ning ruhiyatida buzilish aniqlanganligi sababli, fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-