IIB formasini kiyib nojo‘ya harakatlar qilgan qizning shaxsi aniqlandi

IIB formasini kiyib nojo‘ya harakatlar qilgan qizning shaxsi aniqlandi
IIB formasini kiyib nojo‘ya harakatlar qilgan qizning shaxsi aniqlandi

Ma'lum qilinishicha qiz 2006- yilda tug'ilgan maktab o'quvchisi bo'lib chiqdi.

IIB formasini kiyib nojo‘ya harakatlar qilgan qizning shaxsi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz avtomobilda ichki ishlar xodimi kiyimida sigaret chekayotgani va behayo so‘zlarni ishlatayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur videodagi qiz maktab o‘quvchisi – voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning ota-onasi bilan birga profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Ularga qiz ichki ishlar organlari formasini ruxsatsiz kiyish bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, yaʼni formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish taqiqlangani va bu xatti-harakati bilan u qonunni buzgani tushuntirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-