Urgutda to'yga borganlar ommaviy zaharlandi
Urgutda to'yga borganlar ommaviy zaharlandi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Samarqand viloyat boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 4 avgust kuni soat 05:30 da Urgut tuman, Jarqishloq mahallasidagi “Toshpo‘lat ota” to‘yxonasida 3 avgust kuni o‘tkazilgan to‘y tadbiri ishtirok etgan 7 nafar fuqaro ko‘ngil aynish, qayd qilish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish va tana haroratini ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tungi soat 02:00 dan boshlab ertalab 10.45 ga qadar 7 nafar bemor “O‘tkir ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan tuman yuqumli kasalliklar bo‘limiga, bir nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonalarda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Barcha bemorlar o‘z kasalliklarini 2023 yil 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida “Toshpo‘lat ota” to‘yxonasida iste’mol qilingan mayonezli salatlar bilan bog‘lashgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Urgut tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida to‘y egasi tomonidan to‘ydan bir kun avval yani 2 avgust kuni tayyorlangan salatlar dasturxonga tortilganligi aniqlandi.
Shuni alohida takidlash lozimki salatlar dasturxonga qo‘yilgunga qadar saqlash qoidalariga roya etilmagan uy sharoitida sovutgichsiz saqlangan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan to‘y tadbirida ishtirok etganlarni aniqlash maqsadida uyma-uy yurib surishtirish o‘tkazilib, kasallik belgilari aniqlangan 41 nafar fuqarolar tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda, og‘ir bemorlar yo‘q.
Ushbu holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.