Bedana tuxumi qanday kasalliklarga davo bo'ladi va uning inson salomatligiga qanday zarari bor?

Bedana tuxumining bir qancha foydali xususiyatlari bor. Va u tuvuq tuxumidan ko'ra ko'proq kaloriyaga ega. Bedana tuxumining bir grammida tovuq tuxumiga nisbatan A vitaminlari — 2,5 marta, B1 — 2,8 marta, B2 — 2,2 marta ko‘p. D vitamini bedana tuxumida faol shaklda mavjud bo‘lib, raxit rivojlanishining oldini oladi. Bedana tuxumida fosfor darajasi 5 baravar yuqori (bu aqliy rivojlanishga hissa qo‘shadi, shuning uchun maktab yoshidagi bolalarga bedana tuxumini yedirish foydalidir) va kaliy, temir moddasi 4,5 marta ko‘p. Bedana tuxumlari hech qachon salmonellalarni o‘z ichiga olmaydi. Ularda xolesterin deyarli yo‘q. Tovuq tuxumidan farqli o‘laroq, bedana tuxumi bolalar va kattalarda allergiyaga olib kelmaydi. Aksincha, ularda mavjud bo‘lgan oqsil allergik reaksiyalarni bostirishga qodir, shuning uchun ular asosida allergiyani davolash uchun ishlatiladigan tibbiy preparat ishlab chiqariladi.
Bedana tuxumining kasalliklar bilan muvaffaqiyatli kurashadigan bir nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud. Albatta, dori-darmonlarni qabul qilmasdan, faqat tuxumni iste’mol qilish to‘g‘ri emas, ammo bu kasallik bilan kurashayotgan organizm uchun katta yordamdir:
Bedana tuxumini iste’mol qiladigan xoletsistitli bemorlarda og‘izda doimiy achchiq ta’m va o‘ng tarafda og‘riq yo‘qoladi;
Gipertoniya, qandli diabet, sil, anemiya va bronxial astmani davolashda tuxum kurs shaklida 120 dan 250 donagacha “tayinlanadi”;
Metabolizmni normallashtirish va qon aylanishini rag‘batlantirish uchun bedana tuxumidan iste’mol qilish tavsiya etiladi: bolalar uchun yoshga qarab — 2-6 dona, kattalar uchun — kuniga 4-6 dona;
Bedana tuxumi ayniqsa keksa odamlar uchun foydali. Muntazam ravishda bedana tuxumini iste’mol qiladigan keksa odamlarda bo‘g‘imlardagi og‘riqlar ikki oydan keyin yo‘qoladi, eshitish va ko'rish yaxshilanadi;
Bedana tuxumlari homilador ayollarning ratsionida bo‘lishi kerak — u toksikozni yengillashtiradi va homiladorlik davrini osonlashtiradi;
Afsuski, hammaga birday mos keladigan noyob mahsulot yo‘q. Bedana tuxumi haqida ham shunday deyish mumkin. Quyidagi holatlarda bedana tuxumi tavsiya etilmaydi:
Allergik reaksiyalar (ayniqsa, yosh bolalarda kuzatilsa);
Jigar bilan bog‘liq muammolarda;
Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish