Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, vafod etganlar ham bor
Qirg‘izistonda yanvar oyida 9 kishi “Seftriakson” tufayli allergik reaksiyaga uchradi, ulardan biri vafot etgan. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “AKIpress” xabar berdi. Foto: Sputnik Allergik reaksiyalar Hindiston, O‘zbekiston, Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiyaning “Seftriakson” preparatiga nisbatan kuzatilgan. Beshta holatda uyga tashrif buyurgan hamshira bemorni anamnez tekshiruvi, tibbiyot xodimlar ko‘rikigidan o‘tkazmay preparatni qo‘llagani aniqlangan.