Afg‘onistonda ayollar siqchon yeb vafot etmoqda

Afg‘onistonda ayollar siqchon yeb vafot etmoqda

Afg‘onistonda ayollar siqchon yeb vafot etmoqda
Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida 16 dan 45 yoshgacha bo‘lgan to‘rt ayol oiladagi zo‘ravonlik tufayli o‘lik sichqon yegan,  ularning ikki nafari vafot etgan. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar bermoqda
Qayd etilishicha, Bomiyon viloyatida sichqon iste’molidan to‘rt ayoldan ikki nafari aprel oyida vafot etgan. Marhuma 16 yoshli qiz va 45 yoshli ayol bo‘lib, Karun va Sargul qishloqlari aholisi bo‘lgan. Bomiyon kasalxonasidagi ishonchli manba, shaxsi oshkor etilmasligi sharti bilan, yana ikki qiz o‘lik sichqon yeyishi oqibatida davolanayotganini aytgan.
“Tolibon” rasmiysi faqat ikkita o‘lim holatini tasdiqlagan.  “Bomiyonliklar o‘lik sichqon yeb o‘z joniga qasd qildi, ular viloyat kasalxonasida vafot etdi”, — deyiladi “Tolibon” murojaatida.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-