Qozog‘istonda ''Seftriakson'' antibiotikini qabul qilganlar vafod etyaptimi?

Bazi ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18 kishi “Seftriakson” antibiotikini qabul qilganidan keyin vafot etgani haqida xabarlar berilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu preparat dorixonalardan yoppasiga musodara qilinishni boshlagan. Ammo, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlarni rad etdi. Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, “Seftriakson qabul qilgan biror bemorning vafod etish holatlari qayd etilmagan. Qozog‘iston SSV Tibbiy va farmatsevtik nazorat qo‘mitasiga va uning Olmaota shahri bo‘yicha hududiy departamentiga bunday shikoyatlar kelib tushmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida. Eslatib o'tamiz, “Seftriakson” meningit, turli xil infeksiyalar, pnevmoniya kabi kasalliklarini davolashda qo'llaniladi.