Ro‘zadorlar qanday taomlarni ko'proq iste’mol qilishi lozim?

Ro‘zadorlar qanday taomlarni ko'proq iste’mol qilishi lozim?
Ro‘zadorlar qanday taomlarni ko'proq iste’mol qilishi lozim?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ro‘zadorlar uchun sog‘lom ovqatlanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.
Xususan:
kunduzi havo harorati yuqori bo‘lgan paytda salqin va soya joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi;
iftorlik va saharlik oralig‘ida ko‘p miqdorda suv ichish maqsadga muvofiq, chunki kunduzi havo harorati yuqori bo‘lishi ko‘p ter ajralishiga sabab bo‘ladi.
Shu bois kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi.
Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me’yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho‘l mevalardan yeyish foydali.
“Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne’matlar hisoblanadi.
Sho‘rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste’mol qilish mumkin.
Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan ma’qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidrasiya)ga olib keladi.
Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo‘lishini esdan chiqarmaslik zarur.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-