Buxoroda 15 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda 15 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va'da qilgan shaxs ushlandi
Buxoroda 15 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatining Peshku tumani Yangibozor mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan X. D. bir fuqaroni aldab, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini suiisteʼmol qilib, uni Amerika qo‘shma shtatlariga yuborish uchun vakolatli tanishlari orqali viza olib berish hamda Meksika davlati orqali AQSH hududiga kiritib qo‘yish evaziga 15000 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘i berishini talab qiladi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, DXX hamda Departamentning Buxoro viloyat boshqarmalari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, X. D. Buxoro kinoteatri oldida joylashgan “Farxod” kafesi avtoturargohida jabrlanuvchidan oldindan to‘lov sifatida 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-