Farg'onada ayol 8 oylik chaqalog'ini kvartira olish uchun sotmoqchi bo'ldi
Farg'onada ayol 8 oylik chaqalog'ini kvartira olish uchun sotmoqchi bo'ldi
Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu bo‘yicha sud qarori Oliy sud saytida e’lon qilindi.
Hujjatlarga ko‘ra, sudlanuvchi N. M. farzandi — 2022 yil 27 avgustda tug‘ilgan S. M.ni sotish maqsadida 2023 yil aprel oyi boshlarida F. A. (ayol) bilan tanishib, uning qiz farzand asrab olish maqsadida yurganidan xabar topib, unga farzandini 10 ming dollarga sotishga rozi bo‘lgan.
F.A.ning bildirishicha, u ayolning xatti-harakatlaridan shubha qilgani uchun Farg‘ona viloyati IIB va DXX boshliqlari nomiga ariza bilan murojaat qilgan va ayolga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. farzandini Uchko‘prik tumanida kelishilgan 10 ming dollarga sotib, kimyoviy ishlov berilgan pullarni olganda ushlangan.