Buxoroda ichki ishlar xodimlari paketga solib ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloqni topib olishdi

Buxoroda ichki ishlar xodimlari paketga solib ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloqni topib olishdi
Buxoroda ichki ishlar xodimlari paketga solib ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloqni topib olishdi

Viloyatning Qorako‘l tumanida ichki ishlar xodimlari ko‘chaga paketga solib tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo'lishicha, 8-avgust kuni soat 01:30 larda Qorako‘l tumani markazida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat patrul-post xizmati batalyoni tumanlararo bo‘linmasi safdor xodimi hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori o‘zlariga biriktirib berilgan yo‘nalish hududida xizmat olib borayotganida tuman Markaziy kasalxonasining Gemodializ bo‘limi ro‘parasidagi Travm upunkt binosining orqa tomonidan chaqaloq yig‘isini eshitgan. Ular shu atrofni ko‘zdan kechirganida devor yonida yashil rangli paket ichida o‘g‘il bola jinsiga mansub, taxminan, 3-5 kunlik sog‘lom holatdagi chaqaloq borligi aniqlangan.
Shu paytning o‘zida chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limiga yotqizilib, zaruriy birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu chaqaloq 2023-yilning 4-avgust kuni yashash xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz soat taxminan 08:00 lar atrofida dunyoga keltirilgan va 7-avgust kuni soat 21:00 atrofida onasi — 1995-yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani “Mirob” mahallasida yashovchi B.Z. ismli ayol tomonidan tashlab ketilgani fosh etilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-