Navoiyda 270 kg iste'molga yaroqsiz go'sht sotuviga chek qo'yildi

Navoiyda 270 kg iste'molga yaroqsiz go'sht sotuviga chek qo'yildi
Navoiyda 270 kg iste'molga yaroqsiz go'sht sotuviga chek qo'yildi 

Navoiy viloyatidagi Markaziy dehqon bozorida o‘tkazilgan reyd jarayonida O.Dga tegishli bo‘lgan go‘sht mahsulotining ko‘rinishi xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Shu sababali 270 kgli go‘shtdan na’muna olinib yaroqligi tekshirib ko‘rish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilik rivojlantirish boshqarmasining labaratoriyasiga yuborildi.
Mas’ullarning xulosasiga ko‘ra go‘sht mahsuloti haqiqatdan iste’molga yaroqsizligi tasdig‘ini topdi. Navoiy viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari tomonidan sotuvchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. 

Shuningdek, Karmana tumanida joylashgan Samarqand YPX maskanidagi reyd tadbirida fuqaro K.Ega tegishli bo‘lgan “Cobalt" rusumli avtomashina to‘xtatildi. Xodimlar avtoulovni ko‘zdan kechirishganida, Buxoro viloyati Shofirkon tumanilik 30 yoshli fuqaro K.E boshqarib kelayotgan mashina yukxonasida va o‘rindiqlari ustida iste’molga yaroqsiz qo‘y go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulot hech qanday hujjatlarsiz, buning ustiga tashish qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan edi. 

Shu sababli mazkur holat yuzasidan yeterinariya va chorvachilik rivojlantirish boshqarmasining xodimlari bilan hamkorlikda MJTK 109-moddasiga asosan qonuniy chora ko‘rildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-