Qashqadaryoda tarvuz ortilgan Isuzu ag'darilib ketdi

Qashqadaryoda tarvuz ortilgan Isuzu ag'darilib ketdi
Qashqadaryoda tarvuz ortilgan Isuzu ag'darilib ketdi

Bugun, 19-iyul kuni soat 14:02 da Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Gʻuzor – Samarqand yo‘nalishida A-378 yo‘lining 90-kilometrida Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab, avtomashina saloni ichidagi 2 nafar fuqaroning qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan 1 ta yong’in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, qutqaruvchilar tomonidan atrofdagi fuqarolar yordamida jabrlangan 2 nafar fuqaro avtomashina ichidan olib chiqilgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-