Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Toshkentda 55 yoshli erkak ko‘p qavatli uy podyezdida 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgan edi. Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasining ma’lum qilishicha, u 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.Voqea iyun oyida, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy podyezdida sodir bo‘lgandi. Erkak 7 yoshli qizning ketidan podyezdga kirib, uni qo‘rqitib, intim xarakterdagi harakatlarni sodir eta boshlagan. Ushbu hujum uy aholisi tomonidan o‘rnatilgan kameralar tomonidan qayd etilgan.
Qiz ota-onasiga bo‘lgan voqeani darhol aytib berib, ular zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Erkak 24 soat ichida hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
20-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi 1968-yilda tug‘ilgan ushbu erkak — X.A.ni Jinoyat kodeksi 119-modda (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.