Oliy sud sudiyasi chiroqchiliklar bilan uchrashdi
Oliy sud sudiyasi chiroqchiliklar bilan uchrashdi
Chiroqchi tuman hokimligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Oliy sud sudyasi Elbek Turg‘unboyev, Qashqadaryo viloyati sudi rais o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev, Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari, tuman huquq tartibot idoralari vakillari, imom xatib, mahalladagi beshlik hamda bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.Uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huqubuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish oilaviy ajrimlarni kamaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmini yaratish xususida so‘z yuritildi.Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda jinoyatchilik va uning oqibatlari, mahalla beshligi oldida turgan vazifalar va muammolar haqida alohida to'xtalib o'tildi.