Buxoroda ayolning suratlariga qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan kibertovlamachi qo‘lga olindi

Buxoroda ayolning suratlariga qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan kibertovlamachi qo‘lga olindi

Buxoroda ayolning suratlariga qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan kibertovlamachi qo‘lga olindi


Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan kibertovlamachi qo‘lga olingan.

Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) K.Z. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida “!!!??” nomli profil egasi K.Z.ning turli fotosuratlari va behayo tasvirlarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Kogon tumanida yashovchi 19 yoshli talaba T.B. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.B. K. Z. ga Telegram messenjerida “!!!??” profili orqali yozib, pul ishlash maqsadida K. Z. ning profilidagi rasmlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, yalang‘och holdagi behayo tasvirlari borligini aytib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib sharmanda qilish bilan uni qo‘rqitgan. Fotosuratlarni tarqatib yubormaslik evaziga undan 200 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

Gumonlanuvchi T.B. “XXX” nomli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinidagi bekat oldida K. Z. dan 2.500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-