Farg‘ona viloyatida qoʻlbola aroqdan bir necha kishi zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyatida qoʻlbola aroqdan bir necha kishi  zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyatida qoʻlbola aroqdan bir necha kishi  zaharlanib vafot etdi

Farg‘onada qo‘lbola aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni oshdi
Farg‘ona viloyatida yetti kishi qo‘lbola aroqdan zaharlangani, ulardan biri vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, vafot etganlar soni to‘rt nafarga yetdi.
5-sentabr kuni viloyatning Qo‘shtepa tumanida yashovchi ikki kishi nomaʼlum moddadan zaharlanish oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingandi. Shu kuni Oltiariq tumanida yashovchi besh nafar fuqaro nomaʼlum moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

O‘shanda zaharlanganlardan biri vafot etgandi. Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, yana uch kishi qo‘lbola aroqdan vafot etdi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlab, ushbu mahsulotlarga “Aktau” va “Karatau” nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga sotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan 6-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 186 (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-1-moddalari (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi A.D. protsessual tartibda ushlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-