Davlat kadastrlari palatasi raisining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Davlat kadastrlari palatasi raisining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Davlat kadastrlari palatasi raisining sayyor qabuli bo'lib o'tdi


Bugun Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko‘rib chiqib, hal etish maqsadida  sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.  Shu  qatorda, qabulda Hazorasp tuman hokimi Zafar Abdrimov va Kadastrning Xorazm viloyati boshqarma boshliqlari ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul avvalida Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va kiritilgan o'zgarishlar haqida ma'lumot berildi va aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ayni muammolar to'g'risida huquqiy tushunchalar eshitildi.
Qabulga kelgan 30 nafardan ziyod yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 3 tasiga joyida ijobiy yechim berildi, 11 tasiga hal etish bo'yicha yo'l-yo'riq va huquqiy tushunchalar berildi, biroz vaqt talab etadigan 18 ta murojaatni ko'rib chiqib hal etish yuzasidan mutasaddilarga qat'iy topshiriqlar berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-