Qashqadaryoda o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani rostmi?
Qashqadaryoda o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani rostmi?
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o‘quvchilar paxta terimiga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.Unga ko‘ra, xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi 7, 38, 48 va 54-maktablarda monitoring tarzida tekshirish o‘tkazdi. Natijada fotosuratlarda ko‘rsatilgan maktab Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli emasligi, bunday ko‘rinishdagi maktab tumanda mavjud emasligi, suratlarda aks ettirilgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi yuqorida keltirilgan ta’lim maskanlarida o‘qimasligi aniqlandi.
Shu boisdan ushbu postdagi keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tumandagi maktab mas’ullariga paxta mavsumi davomida majburiy tarzda xodimlarni va maktab o‘quvchilarini paxta terimiga jalb qilmaslik va o‘quvchilarning ota-onalari bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.