Navoiyda 400 mln so‘m, Buxoroda 10 ming AQSH dollari qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo'lgan shaxslar qo'lga olindi

Navoiyda 400 mln so‘m, Buxoroda 10 ming AQSH dollari qalbaki kupyuralarni  sotmoqchi bo'lgan shaxslar qo'lga olindi

Navoiyda 400 mln so‘m, Buxoroda 10 ming AQSH dollari qalbaki kupyuralarni  sotmoqchi bo'lgan shaxslar qo'lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln so‘m qalbaki pullarni 160 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs xaridorga qalbaki 10 ming AQSH dollarini 5 ming AQSH dollariga sotishga kelishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSH dollarini berib va qolganini tez kunda yetkazishlarini aytib, 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-