Navoiyda chaqaloqni 90 mln so‘mga sotgan ona qo'lga olindi
Navoiyda chaqaloqni 90 mln so‘mga sotgan ona qo'lga olindi
Navoiy viloyati DXX, Ichki ishlar hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro J. Ch. qizi 2023 yilda tug‘ilgan B. D. ni boshqa bir fuqaroga 90 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.