45 yoshli erkak 10 yoshli jiyanini jinsiy ehtiyojini qondirishga majburlab kelgani aniqlandi

Samarqand viloyatida 45 yoshli erkak salkam 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilgan. Bu haqda Nemolchi.uz xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatida 2013 yilda tug‘ilgan qiz 2022 yilning fevral oyidan 2023 yilning iyun oyigacha o‘z tog‘asi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan. Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan erkak qizga zo‘rlik ishlatib va qo‘rqitib, yalang‘och holatda jinsiy a’zolarini ko‘rsatib, uni ham yechintirib jinsiy aloqa qilishga undagan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan 12 iyulda erkakka nisbatan JKning 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi 22 iyulda JKning 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismidan JKning 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismiga qayta malakalangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, JKning 119-moddasi 4-qismi bilan ayblanganlar 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.