Toshkentda 7 yoshli qizga ko‘p qavatli uy podyezdida tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda 7 yoshli qizga ko‘p qavatli uy podyezdida tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi
Toshkentda 7 yoshli qizga ko‘p qavatli uy podyezdida tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda 7 yoshli qizga ko‘p qavatli uy podyezdida tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Sukut saqlama” loyihasi.
Ma’lum qilinishicha, 8-iyun kuni soat 17:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanida  o‘rta yoshdagi begona erkak 7 yashar qiz orqasidan podyezdga kirgan. O‘sha uyda yashaydigan qiz 1-qavatda turadigan dugonasining oldiga kelgan.
Erkak qizni qo‘rqitib, ro‘paradagi eshik oldiga olib borib, qizni o‘pib, intim joylarini ushlagani va boshqa uyatsiz xatti-harakatlar qilgani aytilmoqda. Qizning dugonasi uning kelavermaganidan xavotir olib, o‘zi ko‘chaga chiqqanida erkak hodisa joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchining ota-onasi holat bo‘yicha darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.  
Aniqlanishicha, ushbu shaxs Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tug‘ilgan oilali erkak bo‘lib chiqqan.
“Sukut saqlama” mualliflari videoda 119-modda 4-qismiga (zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) muvofiq jinoyatning to‘liq tarkibi aks etgan, deya hisoblaydi. Mazkur modda 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-