Jurnalistga qo'pollik qilib, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Jurnalistga qo'pollik qilib, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi
Jurnalistga qo'pollik qilib, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “MY5” telekanali muxbiri N.Teshayev Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi murojaatini o‘rganayotgan paytda tazyiqqa uchragani haqidagi video tarqaldi. Videoda ko‘p qavatli uyda noqonuniy qurilish qilayotgan shaxs ularni so‘kib, jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilganini ko‘rish mumkin.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi va jurnalistga qo‘pollik qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi rasmiy axborot bermoqda.
Ta'kidlanishicha, sud majlisida 1993-
yilda tug‘ilgan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Sud qarori bilan unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-