Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi qimmatlashdi
Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi qimmatlashdi
1-oktabrdan kuchga kirgan biznes uchun yangi energotariflar doirasida gaz zapravkalarida bir kub metr metan 3250 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram kanalida post qoldirdi.
O‘zbekistonda 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun bir metr kub tabiiy gaz narxi 660 so‘mdan 1500 so‘mgacha oshirildi. Hukumat qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda bir kub metr uchun 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilishi belgilandi. Bu holat 2024-yilning 1-apreligacha davom etadi.
Hozirgacha zapravkalarda sotilayotgan 1 kub metr gaz narxi 2800 so‘m atrofida edi. 1-oktyabrdan esa bu narx 3250 so‘mgacha oshirilgani aytilmoqda.