1- martdan benzin narxi oshishi kutilmoqda

1- martdan benzin narxi oshishi kutilmoqda
1- martdan benzin narxi oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2023-yil 1-martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining "nol" stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda.
1-martdan boshlab birja savdolariga joylashtiriladigan 1 tonna mahalliy AI-80 rusumli avtobenzin boshlang‘ich narxi 6 863 000 so‘mdan, import avtobenzini narxi 8 036 000 so‘mdan shakllanib, birja savdolari yakuni bilan narxlar o‘rtacha (1 litr uchun 6 100 so‘m) tashkil etishi kutilmoqda.
Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan shakllanadi.
O‘tgan davr mobaynida chakana savdoda mahalliy AI-80 benzin 5700 so‘mdan boshlab, import AI-80 benzin esa 6000 so‘mdan boshlab realizatsiya qilib kelindi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-