Buxoroda hokim yordamchisi 163 million so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan

Buxoroda hokim yordamchisi 163 million so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan

Buxoroda hokim yordamchisi 163 million so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan


Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahar “Abu Ali ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi fuqarolarga berilgan imtiyozli kreditlar ajratishdagi maxsus vakolatidan mansab mavqeini suiiste’mol qilishda foydalangani aytilmoqda. Uning kredit mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi.

Shuningdek, u “Abu Ali ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashamaydigan va faoliyat ko‘rsatmaydigan fuqarolar M.H, J.A, N.Gʻ, M.A va A.M.lar nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 million so‘mdan, jami 163 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Hokim yordamchisiga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-