Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi

Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumanida Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda o‘ndan ziyod aholining kadastrga oid muammo va savollari tinglandi. Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida yig‘ilganlarga ma‘lumot berildi. Qabul davomida tuman aholisining ko‘chmas mulkini ro‘yhatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish va boshqa masalalardagi murojaatlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi.