Endilikda zargarlik buyumlarini deklaratsiya to'ldirmasdan olib chiqish mumkin
Prezidentimizning joriy yil 31- oktyabrdagi 185-son farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin.
Ilgari qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan.