Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023-yil) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;
2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

2023-yil 1-oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;
2024-yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;
2023-yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-