Qoraqalpog'istonda qo'lbola usulda aroq tayyorlanayotgan sex faoliyatiga chek qo'yildi

Qoraqalpog'istonda qo'lbola usulda aroq tayyorlanayotgan  sex faoliyatiga chek qo'yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan kafolatlanmagan, qo‘lda tayyorlangan alkogolli mahsulotlarni aniqlash va ularni ishlab chiqaruvchi yashirin sexlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Nukus shahrida tegishli idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Buz ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlardan biri holislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada fuqaro A.B.ning ijaraga olgan xonadonidan “maxfiy sex” sifatida qo‘lda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi. Unda jami 705 litr “Karatau” yorlig‘i bo‘lgan aroq, 640 litr “Antiseptik” yorliqli spirt, 3597 dona soxta aksiz markalari, 2187 dona shisha kapsula, 965 dona shisha idish qopqog‘i, 4 dona yorliq, 20 A. litr filtrlangan suvda 1 miqdor uchun plomba borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-