Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida eksportchi korxonalar uchun xalqaro seminar tashkil etildi

Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida eksportchi korxonalar uchun  xalqaro seminar tashkil etildi
Kuni kecha, Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida eksportchi korxonalar uchun tashqi bozorlarga muvaffaqiyatli kirib borish bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi. Unda malakaliy xalqaro mutaxassis Shura Chakaraborti ishtirok etib, o‘zining ayni yo‘nalishdagi fikr mulohazalari va o‘quv dasturi bilan yaqindan tanishtirdi. Tashkil etilgan tadbirda asosan eksportchi korxona vakillari, yosh tadbirkorlar, savdo sohasi mutaxassilari  hamda yosh fermerlar kengashi va eksport shtabi a’zolari ishtirok etishdi. Hindistonlik xalqaro mutaxassis Shura Chakraborti ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarining asosiy maqsadi, mahalliy tadbirkorlarimizni xalqaro savdo maydonida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va jahon bozorida raqobatbardoshliligini ta’minlashga qaratilgan, qolaversa, xorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib borishda ham  katta ahamiyatga ega.O‘quv seminari davomida yosh tadbirkorlar eksport faoliyatining asoslari, uni ishlab chiqish rejasi va himoya qilish tamoyillari, xalqaro bozorlarni tahlil qilish, potensial mijozlar bilan ishlash tartiblari, savdo, logistika, bojxona jarayonlarini samarali boshqarish usullarini yaqindan o‘rganishdi.  Shuningdek, mazkur maxsus o‘quv seminari mamlakatimizning yana 14 ta hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  
O‘ylaymizki, tadbirkorlarimiz uchun ushbu o‘quv mashg‘uloti yangi bozorlarni ochish, eksport faoliyatida uchraydigan muammolarni hal qilish hamda samarali biznes strategiyalarni ishlab chiqishda katta imkoniyat yaratadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-