Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Tadbirkor qurilishdagi korrupsiya haqida” nomli videopost yuzasidan Kadastr agentligi quyidagilarni qat’iy bayon qiladi:
Videoda tadbirkor tilga olgan qurilish uchun ruxsatnoma berish ishlarida kadastr idoralari ishtirok etmaydi!
Shuningdek, fuqaro ba’zi jarayonlarni chalkashtirmoqda. Tadbirkor yer sotib olgandan so‘ng kadastr idoralari faqat yerga bo‘lgan huquqini ikki ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazib beradi va bu ruxsatnoma berish jarayoni emas.
Kadastr idoralari barcha qurilish ishlari tugallanganidan so‘ng ko‘chmas mulkni o‘lchab, kadastr pasportini shakllantirib beradi va tegishli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsatnoma berilganidan so‘nggina ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Kadastr agentligi korrupsiya holatlarini keskin qoralaydi va tizimda shaffoflikni ta’minlash uchun qat’iy choralar ko‘rib kelmoqda.
Tadbirkorlar va fuqarolardan turli  ayblovlar bilan jamoatchilikni chalg‘itmasdan, agar korrupsiya holatiga duch kelsalar, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra pora olgan ham, bergan ham bir xil jazolanishini unutmaylik!
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-