O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va imoratlar buziladi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy va imoratlar buziladi
Hujjati yo‘q uylarga Kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin, hududlarda yerlarni egallab tezkorlik bilan qurilish qilayotganlar ko'p. Mazkur uy-joylarga ham egalik huquqi va kadastr hujjatlari qilib beriladimi? 
- Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalganidan keyin aholi o‘rtasida ularni “uddaburonlar”deb atasak bo‘ladi. Tezkorlik bilan imorat qurib olib, bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman deb o‘ylab yurgan bo‘lishlari mumkin. Ochig‘ini aytganda ular xato qilishmoqda. 

Sababi, Kadastr agentligi tomonidan yerlarning holatini o‘rganish bo‘yicha Kosmik s’yomkalar, xaritalari bor. Ular yordamida 5-10 yil hatto 20 yil ortga qaytarib tekshirishimiz mumkin. Bu jarayonda insonlar o‘zlarini zarar berishlari mumkin. Sababi birinchidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchiligimizda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan. Shuning uchun bunday toifadagi insonlar hozirgi kunda o‘zboshimchalik bilan imorat qurayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan to‘xtatishlarini va yerni asl holatiga qaytarishlarini so‘raymiz.

Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Atamurodov
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-