Toshkent shahrida noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni buzish boshlandi

Toshkent shahrida noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni buzish boshlandi
Toshkent shahrida noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni buzish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, yaʼni ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda Toshkentda tegishli tahlillar o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi. Shu bilan birga, ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi.

O‘z navbatida, Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisi hujjatlarning shaharsozlik meʼyorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirilgan.

“Shuningdek, ushbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo‘lishingizni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashishingizni so‘raymiz. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.
Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling.
Hurmatli poytaxt aholisi! Faqat ishonchli va rasmiy maʼlumot manbalariga ishoning, aniq maʼlumot olish uchun shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210-01-63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-