Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi
Bugun, 17 oktyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi binosida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi o‘ziga biriktirilgan qurol bilan o‘z joniga qasd qilgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Xabar.uz’ga ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.
Hozircha, xodimning o‘z joniga qasd qilgani sabablari ma’lum emas.