15 turdagi ma'lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi

15 turdagi ma'lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi
Aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan jami 15 ta hujjat — diplom, lisenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar hamda hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Shu bois amaldagi 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik bo‘yicha tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlament quyi palatasi majlisida muhokama qilindi.    
Deputat Durbek Ahmedov ushbu qonun loyihasi xususida ma’ruza qilar ekan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashib borayotgani va loyihaning muhimligini alohida qayd etdi. Ta’kidlanganidek, qonun loyihasida shuningdek, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar ham o‘z aksini topgan.  
Mazkur hujjat turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga, sifatni ta’minlashga, idoralarda fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlanishi uchun huquqiy asoslar yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini oladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-